Maktab Haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi
36-umumiy oʻrta taʼlim maktabi haqida MAʼLUMOT
36-umumiy oʻrta taʼlim maktabi haqida MAʼLUMOT
Maktab 1987-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan. Taʼlim 1 ta
tilda (oʻzbek) olib boriladi. Maktab 2020-yilda attestatsiyadan
oʻtkazilib, akkreditatsiya qilingan. Maktabda darslar ikki
navbatda olib boriladi.
I. Maktab binosi toʻgʻrisida maʼlumot.
Maktab 1987-yilda qurilgan va umumiy quvvati 624 oʻquvchi oʻrniga
ega. 2022-yilda 150 oʻquvchi oʻrniga ega qoʻshimcha bino qurilgan.
Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi asosida
2006-yilda kapital taʼmirlangan va 101,0 mln soʻm sarflangan.
II. Isitilishi.
Markazlashgan qozonxonalar soni 2 ta, alohida qozonxonalar 2 ta
boʻlib gaz bilan isitiladi. Alohida individiul qozonxonalar soni
11 ta boʻlib gaz bilan isitiladi.
III.Maktabdagi oʻquv va maʼmuriy xonalar toʻgʻrisida maʼlumot.
Maktabda jami 32 ta xonalar mavjud boʻlib, ularning 8 tasi 1-4
sinflar uchun, 16 tasi 5-11 sinflar uchun va jumladan jihozlangan
1 ta fizika, 1 ta kimyo-biologiya, 2 ta kompyuter xonalari mavjud
hamda 8 tasi maʼmuriy xonalardir.
IV.Sinf va oʻquvchilar soni toʻgʻrisida maʼlumot.
Maktabda 2023-2024 o’quv yilida jami 45 ta sinf va jumladan 1-4
sinflar soni 19 ta, 5-9 sinflar soni 21 ta, 10-11 sinflar soni 5
ta. Oʻquvchilar umumiy soni 1204 nafar (qizlari 547 nafar ).
Shundan 1-4 sinf oʻquvchilar soni 535 nafar (qizlari 254 nafar ) ,
5-9 sinf oʻquvchilar soni 554 nafar(qizlari 265 nafar ) , 10-11
sinf oʻquvchilar soni 115 nafar (qizlari 73 nafar )ni tashkil
etadi.
V. Pedagogik xodimlar toʻgʻrisida maʼlumot.
2023-2024 oʻquv yilida maktabda faoliyat olib borayotgan jami 86
nafar pedagog xodimlarning 77 nafari oliy , 3 nafari to’liqsiz
oliy 6 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagoglardir.
VI. Sport obyektlari toʻgʻrisida maʼlumot.
Maktabda 9x18 oʻlchamdagi sport zal, 1 ta futbol, 1 ta voleybol, 1
ta basketbol, 1 ta mini futbol maydonlar mavjud.